Oʻzbekiston delegatsiyasi Eron Prezidentining rafiqasi bilan uchrashdi
Uchrashuvda madaniy-gumanitar rivojlanish, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalaridagi oʻzaro hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Eronning birinchi xonimi mehmonni qutlar ekan, xalqaro Kongress ishtirokchisi boʻlish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tadbir ayollarning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasidagi muhim oʻzgarishlar, sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratish, gender tengligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat imkoniyatlaridan hamda yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlarda oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish uchun mavjud yuqori salohiyatdan foydalanishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring