Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi vakillari Butunjahon bojxona tashkilotining vakolatli 77-sessiyasi ishtirok etmoqda

23:54 20 Mart 2026 Jamiyat
336 0

Joriy yilning 16-20-mart kunlari Butunjahon bojxona tashkilotining shtab-kvartirasida Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi vakillari Timur Abzanov va Yunus Zaitov ishtirokida Uygʻunlashtirilgan tizim qoʻmitasining 77-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya doirasida ayrim turdagi tovarlarni tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlarni yagona tizimga keltirish, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmati tomonidan Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning Uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq nizoli tovarlarni tasniflash boʻyicha kiritilgan takliflarni muhokama qilish, shuningdek sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha ovoz berish jarayonlarida ishtirok etilmoqda.

Ayni paytda TIF TNning 2028-yilga moʻljallangan yangi tahriri ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda Oʻzbekiston faol ishtirok etib, tashkilotdan eng soʻnggi oʻzgarishlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер