Oʻzbekiston bosh konsuli Qozon shahrida oʻtkazilgan “Rossiya – Markaziy Osiyo” yoshlar xalqaro forumida ishtirok etdi

12:55 02 Iyun 2023 Iqtisodiyot
503 0

Oʻzbekiston bosh konsuli Fariddin Nasriyev joriy yilning 25-may kuni Qozon shahridagi Xalqaro munosabatlar institutida oʻtkazilgan “Rossiya – Markaziy Osiyo” yoshlar xalqaro forumida ishtirok etdi.

Tadbirda Qozon federal universiteti prorektori Timirxan Alishev, Moskva Davlat Xalqaro munosabatlar instituti dotsenti Dmitriy Yevstavyev, Tatariston Respublikasi Taʼlim va fan vazirining birinchi oʻrinbosari Andrey Pominov, Tatariston Respublikasi Yosh diplomatlar akademiyasi raisi Dilbar Sodiqova va boshqalar hozir boʻldilar.

Oʻzbekiston bosh konsuli oʻz nutqida Markaziy Osiyo va Rossiya davlatlari xalqlari oʻrtasida tarixiy va doʻstlik asosida asrlik munosabatlar bugungi yoshlarning har tomonlama kamol topishiga mustahkam poydevor ekanligi va undan unumli foydalanish zarurligi, har bir yosh olgan bilmlarini oʻz davlatiga borib qoʻllashga masʼul ekanligini alohida urgʻuladi.

Bundan tashqari, bugungi kunda Tatariston oliy oʻquv yurtlarida 3 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talabalar tahsil olayotgani, ular nafaqat bilim olishlari, balki yashashi, sport bilan muntazam shugʻullanishi hamda oʻz ustida ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgani taʼkidlandi.

Fariddin Nasriyev soʻzining yakunida “Rossiya – Markaziy Osiyo” yoshlar xalqaro forumi ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер