Oʻzbekiston BMTning biologik xilma-xillik global dasturini qoʻllab-quvvatlaydi
Foto: «Xalq soʻzi»
Tabiat resurslari vazirligiga koʻra, dastur maqsadi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini va ekologik turizmni rivojlantirish va eng muhimi, aholining ongi va ekologik madaniyatini yuksaltirishdir.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston bioxilma-xilligi 27 mingdan ortiq turlarni oʻz ichiga oladi. Ular orasida umurtqasiz hayvonlarning 14900 turi, umurtqali hayvonlarning esa 715 turi uchraydi. Umurtqalilarning 107 turi sutemizuvchilar, 467 turi qushlar, 61 turi sudralib yuruvchilar, 3 turi amfibiyalar, 77 turi baliqlardir. Shuningdek, 11000 turdagi oʻsimliklar, qoʻziqorinlar, suv oʻtlari bor.
Bundan tashqari, yuqori yovvoyi oʻsimliklarning 4300 turi boʻlib, ulardan 8 foizi endemik turlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga (2019) 206 hayvon va 314 oʻsimlik turi kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring