Oʻzbekiston aholisini koronavirusga ommaviy test qilish — bu imkonsiz
Illyustrativ surat
Koronavirus uchun ommaviy test olish tadbirlari oʻtkazilmaydi. Bu imkonsiz va maqsadga muvofiq ham emas. Har bir test tizimi oʻtkazilganidan keyingina oʻzini oqlashi kerak, u iqtisodiy jihatdan ham befoyda boʻlmasligi zarur.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda Oʻzbekistonda koronavirus uchun ommaviy test qilish tadbirlari oʻtkazilmasligi haqida yuqoridagi fikrlarni bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatimizga epidemik vaziyat beqaror hududlardan kelgan va COVID-19ni yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslardan laborator tahlillar olinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring