Oʻzbekiston 5,9 million dollarlik noʻxat eksport qildi
Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 5 mln. 942 ming AQSH dollari qiymatidagi 8 301 tonnadan ortiq noʻxat eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 352 tonna koʻp noʻxat eksport qilingan boʻlib 4 foizga oʻsishga erishildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, noʻxatning 35 foizi Afgʻonistonga, 21 foizi Turkiyaga va 13 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda noʻxatning eksporti Niderlandiyaga 4,7 barobarga, Germaniyaga 3,3 barobarga va Birlashgan qirollikka 9 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Ozarbayjon, Bangladesh, Italiya va Koreyaga noʻxat eksporti yoʻlga qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring