Oʻzbekiston 5.2 mln dollarlik oʻyinchoq eksport qildi
Respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 5 mln 229 ming AQSH dollari qiymatidagi bolalar oʻyinchoqlarini eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga koʻp.
Joriy yilda oʻyinchoqlarning Ozarbayjonga eksporti 9 barobarga, Tojikistonga eksporti 1,8 barobarga, Qozogʻistonga eksporti 1,7 barobarga oshgan.
Shuningdek, bojxonachilar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini ushbu yilda ilk bora Afgʻoniston, Moldova va Isroilga eksportini rasmiylashtirishdi.
Oʻzbekistondan bolalar oʻyinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil qilib, ular qatorida AQSH, Fransiya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Qirgʻiziston kabi davlatlar ham bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring