“Oʼzbekiston 24” telekanalining xorijdagi birinchi muxbirlik punkti Ostona shahrida ochildi

16:53 04 Dekabr 2023 Jamiyat
392 0

Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasida “Oʼzbekiston 24” telekanalining Ostona shahridagi muxbirlik punktining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, tadbirda Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi, Rossiya, Hindiston diplomatlari, “Xabar 24”, “TASS”, “MIR” telekanallari va agentliklarining ushbu davlatdagi muxbirlari, “RIA Novosti”, “Liter”, “Infozakon”, “Novoye pokoleniye”, “Chelovek i zakon” singari OAV va Ostona shahridagi Oʻzbek etno madaniy markazi vakillari ishtirok etishdi.

“Oʼzbekiston 24” vakillari Behzod Hamidxoʻjayev va Bekzod Ahmedov mehmonlarga tanishtirildi. Mazkur telekanal Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yoʻlida faoliyat olib borishi, ikki qardosh xalqlarning turli urf-odatlari, madaniy-gumanitar, sport va boshqa tadbirlarni keng yoritib borishi maʼlum qilindi.

“Oʼzbekiston 24” telekanalining Ostona shahrida ochilgan xorijdagi birinchi muxbirlik punkti chinakam tarixiy voqea sifatida baholandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер