O‘zbekiston 2024-yilning yanvar oyidan boshlab aviaqatnovlar xarajatlaridan bir qismini qaytaradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra, turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSh dollari ekvivalentida qoplab beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring