Oʻzbekiston 14 million dollarlik anor eksport qildi
Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 14 mln. 360 ming AQSH dollari qiymatidagi 12 682 tonnadan ortiq anor eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, anorning 22 foizi Qozogʻistonga, 21 foizi Rossiyaga va 11 foizi Tojikistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda anorning eksporti Belorusga 4,4 barobarga va Ukrainaga 2 barobarga ortgan.
Mazkur yildan ilk bora yurtimizdan Latviya, Litva, Polsha, Chexiya va Shveysariyaga anor eksporti yoʻlga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring