Oʻzbekiston 10,5 mln. AQSH dollariga teng sabzi eksport qilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 10,5 mln. AQSH dollariga 58,9 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Sabzi eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,8 ming tonnaga koʻp.
Oʻzbekiston sabzi mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 26 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 25,4 ming tonna;
Rossiya – 6,4 ming tonna;
Belarus R. – 6,4 ming tonna.
2022-yilning 9 oyida xorijga eng koʻp sabzi eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 19,8 ming tonna;
Fargʻona viloyati – 8,8 ming tonna;
Namangan viloyati – 4,8 ming tonna;
Xorazm viloyati – 4,7 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring