Oʻzbekiston 10 oyda 37,2 mingta gaz plitalar eksport qilgan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 3,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 37 220 ta gaz plitalar eksport qilgan.
Gaz plitalar eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,4 mingtaga kamaygan.
Oʻzbekiston 10 oy mobaynida eng koʻp gaz plitalarni eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 21,8 mingta;
— Rossiya – 6,9 mingta;
— Tojikiston – 4,8 mingta;
— Turkmaniston – 1,7 mingta;
— Armaniston – 322 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring