“Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi Raisi Pekinda bir qator yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi
Hozirgi kunda “Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi Raisi Abdugʻani Sanginov boshchiligidagi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida xizmat safari doirasida mamlakatimiz gidroenergetikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni xorijiy hamkor tashkilotlar bilan kelishish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Xususan, “China National Technical Import and Export Corporation” (CNTIC), nufuzli “Sinosure” sugʻurta kompaniyasi, CITIC Bank va Eksimbank rahbariyati oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqotlarda tomonlar oʻzaro hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish borasida manfaatli kelishuvlarga erishdi.
Jumladan, tomonlar oʻrtasida “Katta Andijon kanalida kichik GESlar kaskadi qurish” (Kugay-1 (6,3 MVt), Kugay-2 (3,1 MVt), Beshqoʻrgʻon GES (2,6 MVt) loyihasini moliyalashtirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Masʼul mutaxassislar tomonidan loyihaning tarkibiy qismi toʻliq izohlanib, ikki tomonlama moliyaviy, iqtisodiy va amaliy-ijro yoʻnalishidagi shartlar koʻrib chiqildi.
Xizmat safari doirasida reja asosidagi hamkorlik uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring