«Oʻzbekgidroenergo» 5 nafar talabani nomdor stipendiya bilan taqdirladi

21:05 19 May 2021 Iqtisodiyot
978 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining iqtidorli talabalari uchun «Oʻzbekgidroenergo» AJ ning nomdor stipendiyasini toʻlash tizimi joriy etildi.

Tashkilot axborot xizmati xabariga koʻra, nomdor stipendiyaga tanlov jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil qilindi.

Bugun, 19-may kuni TIQXMMI majlislar zalida oʻtkazilgan navbatdagi tanlovda munosib ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 5 nafar iqtidorli talabani taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida tanlovda gʻolib deb topilgan iqtidorli talabalarga Jamiyatning maxsus guvohnomasi hamda plastik kartochkalari tantanali ravishda topshirildi.

«Oʻzbekgidroenergo» AJ ning nomdor stipendiyasi sovrindorlari:

1. “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Malikov Sherdor Doniyor oʻgʻliga minimal oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi stipendiya;

2. “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Dushaboyev Shaxboz Nematjon oʻgʻliga minimal oylik ish haqining 5 baravari miqdoridagi stipendiya;

3. “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Komiljonov Bexzod Oybek oʻgʻliga minimal oylik ish haqining 3 baravari miqdoridagi stipendiya;

4. “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Jalgasbayeva Nargiza Muratbay qiziga minimal oylik ish haqining 3 baravari miqdoridagi stipendiya;

5. “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Sharopov Sharifjon Qahramonovichga minimal oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi stipendiya tayinlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqan stipendiat talabalar «Oʻzbekgidroenergo» AJ rahbariyati nomiga samimiy minnatdorchilik bildirib, kelgusida mazkur bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, soha uchun bilim salohiyati yuqori mutaxassis-kadrlar boʻlib yetishish hamda munosib kadrlar sifatida xizmat qilishga vaʼda berdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер