Oʻzbek—Eron forumi boʻlib oʻtdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz — 2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligiga start berildi.
Haftalik doirasida ilk tadbir — Oʻzbek—Eron ishbilarmonlar forumi oʻz ishini boshlandi. Tadbirni Savdo-sanoati palatasi raisi oʻrinbosari Ravshan Otaboyev ochib berdi:
— Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari jadallik bilan rivojlanmoqda. Ishbilarmon doiralar bilan aloqalarda mamlakatlar hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Joriy yilda amalga oshirilgan tashriflar va imzolangan tegishli hujjatlar ikki davlat aloqalarining yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratdi. Eron ishbilarmon doiralarini biznes yuritish uchun Oʻzbekistonda kutamiz va qoʻshma korxonalar ochish takliflarini koʻrib chiqishga tayyor ekanligimizni maʼlum qilamiz.
Oʻzbek—Eron ishbilarmonlar forumida Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar, ilm-fan vakillari hamda 100 nafardan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.
— Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aloqalariga davlatlar rahbarlari darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Biz hamkorlik yoʻnalishlari sifatida qishloq xoʻjaligi hamda IT sohasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu hamkorlikning samarali natijasi oʻlaroq Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyining ochilishini koʻrsatish mumkin, — dedi Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili Xosseyn Parvarish. “InnoWeek.uz — 2023” innovatsion gʻoyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi ertaga, 17-oktyabr kuni, soat 10:00 da “Alpomish” muz saroyida oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring