O‘zbek yozuvchilarining asarlari xorij nashrida chop etildi

15:26 19 Fevral 2025 Jamiyat
240 0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida chop etiladigan (Almanax "Polinya") jurnalning 4-5-sonlarida o‘zbek yozuvchilarining asarlari chop etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu nashrning 4-sonida yozuvchi Muhabbat Yo‘ldoshevaning “Sokin tonglar” va Qo‘chqor Norqobilning “Nina” nomli hikoyalari e’lon qilindi.

"Polinya"ning kitob shaklida maxsus tayyorlangan 5-soni “Qanchalar olis edi bizlardan...” deb nomlangan va Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan.

Ushbu sonda muallif Qo‘chqor Norqobilning “Urush”, “Etikchalar”, “Bir burda non” nomli hikoyalari va adiba Gulnoz Tojiboyevaning “Urushning so‘nggi kuni” nomli hikoyasi o‘rin olgan.

Manzura MATRASULOVA,

O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер