Oʻzbek-qoraqalpoqning

00:59 07 Iyul 2022 Jamiyat
710 0

Arxiv surat

Niyati pok, qordek oq,
Ajralmas etu tirnoq,
Ertasi yorugʻ, porloq,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Yov qoʻpsa musht, xuni bir,
Shodlik, motam kuni bir,
Suv ichar Jayxuni bir,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Soʻzlashsa, dard, siri bor,
Dashtu dala, qiri bor,
Ibroyim shoiri bor,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Navoiyni yod bilar,
Berdaqni ustod bilar,
Boshin bir oftob silar,
Oʻzbek-qoraqalpoqning

Birdir doston, ertagi,
Oppoq orzu, tilagi,
Yurt, deb urar yuragi,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Birdir turkiy navosi,
Asrlarning sadosi,
Bitta yer, suv, havosi,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Egilmasin qomati,
Kulsin baxt-saodati,
Ogʻzibirlik odati,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Oʻchmas mehr chirogʻi,
Qaynar koʻngil bulogʻi,
Yashnamoqda Moʻynogʻi,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Bovurim u, inim u,
Qarindosh, yaqinim u,
Doʻstligi boʻlsin mangu,
Oʻzbek-qoraqalpoqning.

Jahongir SHAROFBOYEV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер