Oʻzbek olimining kitobi Yevropada ingliz tilida chop etildi
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston milliy universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonovning “Jamiyatni modernizatsiyalashning konseptual asoslari (Gʻarb va Sharq islohotlari qiyosiy tahlili)” nomli monografiyasi “Conceptual foundations of the modernization of the society. Comparative analysis of the countries of the West and the East” nomi ostida ingliz tilida Polshaning “IScience” nashriyotida 2021-yilning dekabrida (hajmi 164 bet, nusxasi 1000 dona) bosmadan chiqdi. Shuni taʼkidlash lozimki, olimning ushbu kitobi 2021-yilning bahorida rus tilida “Lambert Academic Publishing” nashriyotida nashr etilgan etilib, Amerika va Yevropa kitob bozoriga xizmat qiluvchi https:// www.amazon.com platformasiga sotuvga qoʻyilgan edi.
Monografiyada Gʻarb va Sharq mamlakatlarining siyosiy tizimni yangilash, zamonaviy jamiyat qurishga oid siyosiy modernizatsiya jarayonlari tadrijiy va metodologik oʻrganilgan. Xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Janubiy Koreya singari davlatlarning bu borada toʻplagan nazariy va amaliy tajribasi qiyosiy-siyosiy tadqiq etiladi. Postsovet respublikalari, jumladan, Oʻzbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash, yangilanish jarayonlari oʻnlab qiyosiy jadvallar orqali koʻrsatib beriladi.
Anʼanaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga oʻtishning nazariy-metodologik asoslari: tushunchasi, mazmun-mohiyati, zaruriyati, inqirozlari, tendensiyalari; siyosiy modernizatsiyaning genezisi, tarkibiy tuzilma-lari, tamoyillari, mezonlari, moderni-zatsiya konsepsiyalari, modellari tahlil qilinadi; Yevropada siyosiy, Janubi-sharqiy Osiyoda “iqtisodiy moʻjiza” omillari, postsovet respublikalarida demokratik qadriyat-lar shakllani-shi murakkab yoʻli; Oʻzbekistonda siyosiy modernizatsiyalashning bugungi ahvoli izchillikda tizimli yoritiladi.
Shu bilan birga, jahondagi kuchli siyosiy liderlar: general Sharl de Goll (Fransiya), general, posho Mustafa Kamol Otaturk (Turkiya), Lyudvig Erxard (Germaniya), Moxandas Gandi (Hindiston), Den Syaopin (Xitoy), Li Kuan Yu (Singapur), Muhammad Moxandir (Malayziya)larning chuqur siyosiy islohotlari, sovet modernizatsiyasi inqirozi sabablari va oqibatlari, sobiq ittifoq liderlarining xalq siyosiy ongi va darajasi bilan hisoblashmay amalga oshirgan islohotlaridagi yutuqlar va xatoliklar ham yoritiladi.
Oʻzbek siyosatshunos olimining oʻta dolzarb mavzuga bagʻishlangan mazkur kitobining ingliz tilida chop etilishi, turgan gapki, yangi Oʻzbekiston ilm-fani yutuqlarining dunyo miqyosida targʻib etilishiga katta xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring