Oʻzbek futbolchisi Angliya chempionatida toʻp suradi
Oʻzbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz Oʻzbekistondan Angliyaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oldi. “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali Oʻrinboyev faoliyatini Angliya Premyer ligasi ishtirokchisi “Brentford” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Paxtakor” Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Klublar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga muvofiq, u 30-iyunga qadar “Brentford”da ijara asosida oʻynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega boʻladi. Oʻrinboyev “Paxtakor”da 17 yoshga toʻlmasdan oʻz debyutini oʻtkazgan va oʻz yosh toifasida terma jamoa aʼzosi sanaladi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Angliyaning professional klublarida oʻzbek futbolchisi faoliyat olib bormagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring