O‘zbek filmi xalqaro kinofestivalda sovrinli o‘ringa da’vogarlik qilmoqda

Ayni kunlarda Rossiya poytaxti Moskva shahrida 40-xalqaro kinofestival o‘z ishini boshladi. Mazkur san’at bayramida rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan “Sabot” filmi ham ishtirok etmoqda. Ushbu asar festivalning ilk kunidayoq tanqidchilar, mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan va Kinematografiyani rivojlantirish markazining qo‘llab-quvvatlashi bilan eng nufuzli xalqaro kinofestivalda taqdim etilgan mazkur filmda bosh rollarni Karim Mirhodiyev, Sa’dulla Muldaxonov, Nigora Karimboyeva, Zulxumor Mo‘minova ijro etgan. Filmda inson matonati, sabr-qanoat, milliy qadriyatlarimiz tarannum etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring