Oʻzbek — Eron ishbilarmonlari forumi oʻtkaziladi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 16 — 20-oktyabr kunlari “Kreativ taʼlim va innovatsiya — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek — 2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ilk tadbir — Oʻzbek — Eron ishbilarmonlari forumi oʻtkaziladi.
Forum 16-oktyabr kuni INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida boʻlib oʻtadi.
Unda Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda B2B uchrashuvlar oʻtkaziladi:
— Farmatsevtika va sogʻliqni saqlash
— Transport
— Qurilish materiallari
— Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
— Axborot texnologiyalari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring