“Oʻzavtoinspeksiya” mahallalarni obodonlashtirish borasidagi qonunbuzarliklarga eʼtibor qaratdi
2021-yilda “Oʻzavtoinspeksiya” tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” doirasida barpo etilgan obyektlarda mingdan ortiq qonunbuzarliklar aniqlangan, dedi “Oʻzavtoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Komiljon Shamsiddinov.
Qayd etilishicha, davlat tomonidan shahar, 360 ta tuman va 7 794 ta qishloq hududlaridagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va asfaltlash uchun 3 trillion 674 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.
Inspeksiya tomonidan qishloq va mahallalardagi 360 ta obyektda tekshiruv oʻtkazilib, shundan 344 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Xususan, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida bu boradagi ishlar toʻliq yakunlandi.
Sanab oʻtilgan obyektlarda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida 1102 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ishchi va masʼul shaxslarga qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha 550 ta majburiy koʻrsatmalar berildi.
Ishchilar tomonidan belgilangan muddatlarda 1085 ta qoidabuzarlik bartaraf etildi. Hududiy davlat inspektorlari tomonidan bartaraf etilmagan 17 ta qonunbuzarlikdan 10 tasi nazoratga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring