Oʻzaro taʼlim, manfaatli hamkorlik

13:41 12 Avgust 2024 Jamiyat
279 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan muhandislik – texnologiya institutiga Yaponiyaning “AOKI”, “Tokai Metal Industry” kompaniyalari va Yaponiya arxitektura va sanʼat akademiyasi delegatsiyasi keldi. Uchrashuvda mehmonlar OTM faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Soʻngra ikki tomonlama aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha rasmiy muzokaralar boʻlib oʻtdi. Asosiy eʼtibor NamMTI bitiruvchilarini Yaponiyaning “AOKI” va “Tokai Metal Industry” kompaniyalariga ishga joylashtirish, ularning kunchiqar mamlakatda amaliyotlarini tashkil qilish masalalariga qaratildi. Oʻzaro kelishuvlarga koʻra, bitiruvchilar kelgusida Yaponiyaning mazkur kompaniyalarida mehnat qiladi.

— Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlik qilish istiqbolli, — deydi “AOKI” kompaniyasi rahbari Shogo Noritsuisu. — Bu namanganlik yoshlarning zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurroq oʻrganib, mutaxassislik mahoratini mustahkamlashlariga imkoniyat yaratadi.

Muloqot chogʻida Yaponiya arxitektura va sanʼat akademiyasi bilan hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash, ularni dunyo standartlari asosida oʻqitish va maxsus sertifikatlarga ega boʻlishlari uchun koʻmak berish masalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yangi oʻquv yili boshlanishi bilan kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер