Ozarbayjondagi Oʻzbekiston sanʼat buyumlari va noyob osori-atiqalari haqida kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda

21:19 10 Yanvar 2023 Jamiyat
645 0

Madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining Toshkentdagi vakolatxonasiga Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xadicha Veli qizi Asadova tashrif buyurdi.

“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi yangi kitob-albom tayyorlashning amaliy masalalari muhokama qilindi. Toʻplam Ozarbayjonning uchta yetakchi muzeylari — Ozarbayjon Milliy tarix muzeyi, Milliy gilam muzeyi va Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyidagi oʻzbek kolleksiyalariga bagʻishlanadi.

— Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyida turli mamlakatlar va xalqlar madaniyati va sanʼati bilan bogʻliq koʻplab qiziqarli eksponatlar saqlanmoqda. Oʻzbek kolleksiyasi juda xilma-xildir. Bu XIX asr oxiridagi soʻzana, yamoqli dasturxon, kumush serviz, tahorat uchun toʻplam, qoʻlda yasalgan kamar, koʻk emal bilan qoplangan quticha – Buxoro amirining sovgʻasi. Shuningdek, nodir osori-atiqalar orasida 1905-yilda nashr etilgan Qurʼon faksimili ham bor», — deydi Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xadicha Veli qizi Asadova.

Uning taʼkidlashicha, muzeyda taniqli oʻzbek rassomlarining rasmlari ham namoyish etilmoqda. Oʻzbekiston kolleksiyasi jami 15 ta eksponatdan iborat.

Kitob-albomning alohida boʻlimida Ozarbayjon tarixi milliy muzeyi kolleksiyasi haqida soʻz boradi. Muzey bosh kuratori, dotsent Mahfuza hoji qizi Zeynalova onlayn tarzda oʻtkazilgan yigʻilishda bu haqda batafsil toʻxtalib oʻtdi.

– Muzeyda 260 dan ortiq eksponatdan iborat XIX asr oʻzbek ustalarining noyob buyumlari kolleksiyasi saqlanmoqda. Bular abraziv matolardan yasalgan buyumlar, devor kashtalari, latun va mis koʻzalar, firuza bilan qoplangan yuvish moslamalari, yarim qimmatbaho toshlar bilan ishlangan idish-tovoqlar, qurol namunalari, kiyim-kechak va boshqalar.

Bundan tashqari, Ozarbayjon Milliy tarix muzeyida Sosoniylar, Arab halifaligi, Saljuqiylar, Temuriylar, Shayboniylar, Usmoniylar davriga oid tangalarning boy kolleksiyasi mavjud.

Buxoro amiri Said Mir Abdul Ahadxon (1885–1910) surati muzeyning alohida faxridir. Suratning chap burchagida quyidagi yozuv bor: “Ingliz fotografiyasi. Boku”, bu surat amirning Bokuga tashriflaridan birida olinganligini koʻrsatadi.

Muzeyning maxsus fondi eksponatlari — Buxoro amirining sovgʻalari — zarhal kumushdan yasalgan Qurʼoni karim uchun gʻilof, shuningdek, kumush va tilla suvi yugurtirilgan emal bilan qoplangan qora gravirovka bilan bezatilgan serviz alohida eʼtibor talab qiladi», — taʼkidlaydi Mahfuza hoji qizi Zeynalova.

Kitobning sinov versiyasi joriy yilning yozida boʻlib oʻtadigan Jahon jamiyatining navbatdagi VII Xalqaro kongressida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер