Ozarbayjon NATO davlati bilan harbiy taʼminot boʻyicha shartnoma imzoladi
Foto: mod.gov.az
Ozarbayjon va Turkiya harbiy xavfsizlik, logistik qoʻllab-quvvatlash va taʼminot boʻyicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Istanbulda Ozarbayjon va Turkiya mudofaa vazirlari Zakir Hasanov va Yasar Gulerning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro harbiy xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha anglashuv memorandumini imzoladilar”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi va Turkiyaning uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaruvchi “Baykar” kompaniyasi oʻrtasida ham logistika qoʻllab-quvvatlash va taʼminot boʻyicha shartnoma imzolagan.
Shu yilning 22-iyul kuni MDH davlatlari instituti direktori oʻrinbosari Vladimir Jarixin Ozarbayjon Turkiya kabi ittifoqchi davlatlarning tashqi yordamiga haddan tashqari umid bogʻlayotganini, biroq tez orada oʻz xatolarini tushunib, Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashini aytgan edi.
“Turkiya haqiqatan ham Bokuga Armaniston bilan qarama-qarshilikda yordam bergan, biroq ayni paytda u xalqaro maydonda jiddiy oʻyinchi boʻlib, maqsad va vazifalari, doʻstlari va dushmanlari tez-tez oʻzgarib turishi mumkin”, — deydi Jarixin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring