Ozarbayjon bilan qoʻshimcha ruxsatnoma blankalarini ayirboshlashga kelishildi

14:09 03 Oktyabr 2023 Siyosat
280 0

26-sentabr kuni xalqaro avtomobil tashuvlari boʻyicha Oʻzbekiston—Ozarbayjon qoʻshma komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarining bugungi holati, tomonlar milliy tashuvchilari duch kelayotgan muammolar va ularni hal etish, har ikki tomon tashuvchilari uchun teng imkoniyatlar yaratish bilan bogʻliq masalalar hamda xorijiy ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda 2023-yil uchun qoʻshimcha ikki tomonlama ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hamda 2024-yilda ayirboshlanadigan ruxsatnoma blankalarining kvotasi belgilandi. Shuningdek, 2024-yildan eʼtiboran davlatlar oʻrtasidagi ruxsatnoma blankalari turlari tranzit, ikki tomonlama va uch tomonlamaga ajratildi.

Shu oʻrinda Transport vazirligi milliy tashuvchilardan joriy yilning yanvar oyidan boshlab olingan xorijiy ruxsatnoma blankalarini maqsadli ishlatib, qaytarishlarini soʻraydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер