“Oʻzagrosugʻurta” 2022-yilning 9 oyida 31,7 mlrd soʻmlik sugʻurta tovoni toʻladi
AOKAda “Oʻzagrosugʻurta” AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda sugʻurta xizmatlari bilan bogʻliq maʼlumotlar taqdim etildi.
Qayd etilishicha, joriy yil uchinchi chorakda taʼminlangan sugʻurta mukofotlari sal kam 222 milliard soʻm boʻlsa, rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomalari doirasida olingan majburiyat hajmi qariyb 76,7 trillion soʻmni tashkil qiladi.
Shu davr mobaynida jami 659 392 dona sugʻurta shartnomalari tuzilgan. Shuningdek, kompaniya tomonidan joriy yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha qariyb 31,7 mlrd soʻmlik sugʻurta tovonlari mijozlarga toʻlangan berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring