Ovga tegishli hujjatlarsiz chiqqan fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortildi

12:42 21 Dekabr 2022 Jamiyat
410 0

Ovchilar ovga chiqqanda ov quroli bilan birgalikda ov hujjatlarini ham yonlarida shay holatda olib yurishlari shart hisoblanadi. Chunki ov hujjatlaridagi kamchiliklar ham maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Xuddi shunday holat Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida aniqlandi.

Fuqaro S.U. Zafarobod tumani “Choʻliguliston” MFY hududida ov yoʻllanmasini toʻldirmasdan ovga chiqqanligi sababli maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Ushbu holat yuzasidan unga MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 10 barobari, yaʼni 3 000 000 soʻm miqdorida jarima belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер