Oʻttiz nafardan ziyod vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib bordi
2021 yil 27-dekabr kuni 32 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yetib bordi.
Inchon xalqaro aeroportida fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi, mamlakatimizning mazkur davlatdagi elchixonasi hamda Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan tashkiliy tarzda kutib olindi.
Mehnat migrantlarimiz 10 kunlik karantin davri hamda tibbiy koʻriklardan oʻtgandan soʻng ish joylariga yetib borishlari rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring