Oʻtgan toʻqqiz oylikda Milliy markaz tizimida davlat dasturlari doirasida loyihalar boʻyicha tadqiqot ishlari olib borildi

16:53 09 Dekabr 2023 Jamiyat
167 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi axborot xizmati rahbari Anvar Xaqberdiyev maʼlum qildi.

Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha gʻoʻzaning 2 ta, bugʻdoyning 6 ta yangi navi hududlar boʻyicha istiqbolli deb topildi, oʻrta tolali gʻoʻzaning 12 ta tizmasi esa dala nazoratida tekshirishga tavsiya etildi.

Oʻrta tolali gʻoʻzaning 2 ta yangidan yaratilgan navlari davlat reyestriga kiritildi, ingichka tolali paxtaning 3 ta navi – “SP-1607”, “Termiz-202 va Termiz-208” navlari Surxondaryo viloyati uchun istiqbolli deb topildi.

Birgina paxtachilik tarmogʻida seleksiya yutuqlari va foydali modelga – 16 ta, mexanizatsiya vositalari yangi ishlanmalariga – 4 ta patent olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер