Oʻtgan olti oyda 287,4 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilgan

15:24 08 Avgust 2022 Iqtisodiyot
849 0

Foto: Arxiv surat

Bu 2021-yil joriy davriga nisbatan 227 foizga yoki 161 mln dollarga koʻp.

Oʻtgan olti oyda 2021-yilga nisbatan metall buyumlar 7 barobarga, keramik plitkalar 3 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 3 barobarga, gulqogʻoz 2 barobarga, PVX profil, truba va fitinglar 2 barobarga koʻp eksport qilindi.

Davlatlar kesimida tahlil qilganda, Qozogʻistonga – 77,5 mln dollarlik, Qirgʻizistonga – 37,8 mln dollarlik, Tojikistonga – 28,8 mln dollarlik, Rossiyaga – 22,7 mln dollarlik, Turkmanistonga – 12,0 mln dollarlik, Litvaga – 11,8 mln dollarlik, Xitoyga – 8,6 mln dollarlik, Polshaga – 8,1 mln dollarlik, Turkiyaga – 5,3 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер