Oʻtgan yilda 1 273 tonna va 16 406 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarilgan

15:56 30 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
1090 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova tizimda 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Agentlik tomonidan 2022-yilda oʻsimliklar karantini va himoyasi yoʻnalishida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 6 mln. 172 ming 124 gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida qariyb ikki martadan fitosanitar monitoring

va dala nazorati oʻtkazilib, 161 mingdan ortiq holatda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Biologik himoyani rivojlantirish maqsadida 10 mlrd. 625 dona entomofag, yaʼni foydali yirtqich hasharot koʻpaytirilib, 3 million gektarga yaqin ekin maydoniga tarqatildi.

440 ta oʻsimlik klinikalari tashkil etilib, ularning soni 945 taga yetkazildi. Alohida 664 ta aholi xonadonlariga xizmat koʻrsatuvchi oʻsimliklarni himoya qilish otryadlari tashkil etildi hamda shu hisobdan 4 048 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Agroklaster va fermer xoʻjaliklari bilan 44 741 ta Amaliyot kelishuvlari imzolandi.

Salkam 600 ming gektar yer maydoni agrokimyoviy xaritanomalar ishlab chiqildi.

600 ming 488 gektar maydonda zararli chigirtka oʻchoqlarini aniqlash kuzatuv-nazorat ishlari oʻtkazilib, 406 ming gektarda kimyoviy ishlov oʻtkazildi.

2022-yil davomida eksportda 2 million 789 ming 772 tn., 16 million 516 ming 187 dona, 676 metr kub mahsulotda oʻsimliklar karantini nazorati oʻtkazildi.

24 ta davlatga 99 turdagi, 56 ta davlatga barcha turdagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga fitosanitariya ruxsatnomalari olindi.

2022-yilda Xitoyga loviya va quritilgan qovun; Hindistonga uzum; Iordaniyaga olma, piyoz, sarimsoq piyoz, limon, gilos; Peruga olxoʻri; Nigerga gilos, anor, xurmo, qovun, quritilgan oʻrik, olxoʻri, mayiz; Pokistonga anor, uzum, olxoʻri, anjir va xurmo mahsulotlari eksporti uchun fitosanitar ruxsatlari olindi.

Import qilingan mahsulotlarda 211 mingga yaqin laboratoriya ekspertizasi oʻtkazilib, 1 232 ta holatda 44 turdagi karantin obyektlari aniqlandi.

Eksportga chiqarilgan mahsulotlarda 174 844 ta ekspertiza oʻtkazilib, 843 ta holatda 11 turdagi karantin obyektlari aniqlandi.

1 273 tonna va 16 406 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi hamda 71,8 tn va 200 939 dona yoʻq qilindi.

Zararli karantin organizmlar aniqlangan 19 ta davlatga 595 ta notifikatsiya yuborildi.

19 nafar kinolog va “Detektor - xizmat it”lari oʻqitilib, mazkur xizmat yordamida 649 ta holatda 10 801 kg va 95 070 dona karantin ostidagi mahsulotlar aniqlandi.

“e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirilib, xalqaro Konvensiyaga aʼzo boʻlgan 161 ta davlatning elektron fitosanitar tizimiga integratsiya qilindi va elektron maʼlumotlar avtomat almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

Barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda QR-kod tizimi joriy etildi.

Sertifikatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish elektron tizimiga oʻtkazildi hamda onlayn toʻlov tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Xorijiy davlatlar bilan sohada hamkorlik qilish boʻyicha 44 ta xalqaro hujjat imzolandi.

Oʻsimliklarni uygʻunlashgan himoya qilish dasturi (IPM) 20 turdagi ekinlar boʻyicha toʻliq shaklda ishlab chiqilib va “mahallabay” kesimida dehqon va fermer xoʻjaliklariga tarqatildi.

Olib borilgan targʻibot ishlari natijasida xalqaro bozorlarga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar soni 481 taga yetkazildi.

Yer egalariga qulaylik yaratish maqsadida Agentlikning “Agrokoʼmakchi” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер