Oʻtgan haftada dunyo boʻyicha "COVID-19" yuqtirish holatlari 12 foizga kamaygan — JSST

15:48 19 May 2021 Dunyo
880 0

Illyustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti soʻnggi bir hafta ichida koronavirus bilan kasallanish 12 foizga kamayganligini maʼlum qildi.

JSST maʼlumotlariga koʻra, 10-maydan 16-maygacha dunyoda 4 809 520 kishida virus aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, koronavirusdan oʻlim darajasi ham 5 foizga kamayib, oʻtgan hafta davomida 85 975 bemor vafot etgan. 

16-may holatiga koʻra, dunyoda jami yuqtirganlar soni 162 184 263 kishini tashkil etmoqda. Infeksiya oqibatlaridan 3 364 446 bemor hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер