O'tgan davrda jami 2,33 mlrd soʻmlik mahsulotni qimmat sotish holatlari aniqlandi — Bosh prokuratura
Illyustrativ foto
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlim boshligʻi Farhod Ochilov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
Brifingdan muhim maʼlumotlar:
- Oʻtgan davrda tegishli idoralar bilan hamkorlikda narxlarni asossiz oshirish, ajiotaj talabni vujudga keltirish va karantin talablarini buzishga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarda 1 095 ta holatda jami 2,33 mlrd soʻmlik mahsulotni qimmat sotish aniqlandi.
- Xususan, huquqbuzarliklarning 313 tasi kartoshkani, 5 tasi sabzi, 49 tasi piyoz, 27 tasi un, 42 tasi yogʻ, 34 tasi goʻsht va 364 tasi boshqa mahsulotlarni qimmat sotish bilan bogʻliq holatlar boʻlib, har bir huquqbuzarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrildi.
- Doimiy faoliyat yurituvchi dehqon bozori mavjud boʻlmagan qariyb 2 mln. aholi istiqomat qiluvchi 15 ta tumandagi savdo doʻkonlarida 27 turdagi mahsulot sotilishini taʼminlash orqali ular minimarketga aylantirilib, ishlab chiqaruvchilar biriktirib berildi.
- Departament tashabbusi bilan ushbu tumanlardagi 489 ta doʻkonga 136 ta ishlab chiqaruvchi, 1319 ta fermer va dehqon xoʻjaligi hamda 11208 ta tomorqa yer egalari biriktirilib, 14-18-aprel kunlari jami taklif etilgan 27 turdagi oziq-ovqat mahsulotlardan 1599 tonna sotildi.
- Davlat resurslaridan ajratiladigan un hajmlarini birja savdolarisiz arzon narxda isteʼmolchilarga kafolatli yetkazib berilishi taʼminlashga kirishildi.
- Departament organlari tomonidan un mahsulotlarini don korxonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qiluvchilar roʻyxatiga:
— amalda ishlamayotgan savdo nuqtalari,
— makaron ishlab chiqaruvchilar,
— novvoyxonalar,
— birjada narxlarni manipulyatsiya qilgan subyektlarni kiritilmaslik boʻyicha barcha choralar koʻriladi.
- Respublika boʻyicha kartoshkaga boʻlgan talabning keskin oshgani hisobga olinib, import qilingan kartoshkaning “birinchi qoʻl” tamoyili asosida markazlashgan tarzda, manzilli ravishda aholiga yetkazib berish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi.
- Karantin davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga — 24 780,4 tonna; Toshkent shahar dehqon bozorlari, savdo tarmoqlari hamda sayyor savdo shahobchalariga 5 500 tonna kartoshka yetkazib berildi.
- Bozorda muayyan mahsulotning narxi oshish ehtimoli paydo boʻlishi bilan oʻsha mahsulot miqdorini koʻpaytirish orqali intervensiya qilish maqsadida:
- 15-mart-17-aprel kunlari respublika boʻyicha 16 000 tn kartoshka, 5 200 tn piyoz, 3 700 tn sabzi, 400 tn karam, 460 tn tovuq goʻshti, 1150 tn goʻsht, 8,3 mln dona tuxum, 1 350 tn guruch, 540 tn shakar va 120 tn olma ishlab chiqaruvchilar narxida intervensiya qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring