Oʻtgan 9 oy davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish tufayli tizimga 26,1 mlrd. soʻm zarar yetkazilgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzenergoinspeksiya» axborot xizmati rahbari Navroʻz Norboboyev maʼlum qildi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Fargʻona viloyatlarida aniqlangan.
«Oʻzenergoinspeksiya» va vakolatli organlar bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan tadbirlarda elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 ta isteʼmolchi tomonidan 87,1 mlrd.soʻm yetkazilgan zarar boʻyicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi.
Tekshiruvlarda noqonuniy ulangan, qoniqarsiz texnik holatdagi jami 3608 ta elektr qurilmaning ishi hamda xavfsizlikka rioya qilmagan 35 ta brigadaning ishi toʻxtatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring