Oʻtgan 5 oy davomida 2,7 million nafar oʻzbekistonlik xorijga safar qilgan

13:07 16 Iyul 2025 Jamiyat
308 0

2025-yilning yanvar may oylarida jami 2,7 million nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Joriy yilning dastlabki 5 oyida chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan.

  • Qirgʻiz Respublikasi – 1 189 793 nafar
  • Tojikiston – 501 657 nafar
  • Qozogʻiston – 468 208 nafar
  • Saudiya Arabistoni – 145 262 nafar
  • Rossiya – 124 829 nafar
  • Turkiya – 88 648 nafar
  • BAA – 71 352 nafar
  • Misr – 30 479 nafar
  • Tailand – 16 555 nafar
  • Vyetnam – 15 802 nafar
  • Boshqa davlatlar – 93 253 nafar

Xabarda aytilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 574,1 ming nafarga yoki 26,4 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер