Otabek Umarov FIA Senati tarkibiga kirdi
Foto: MOQ
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Senati tarkibiga kirdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu tayinlov tufayli Otabek Muhammadaliyevich tashkilotning oliy boshqaruv organi faoliyatida ishtirok etadi.

“Oʻzbekiston vakilining ushbu nufuzli tuzilma tarkibiga kirishi mamlakatimizda avtomobil sporti va mobillik sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi”, deyiladi “OlympicUz” xabarida.

Maʼlumot uchun, Senat FIA Bosh Assambleyasiga strategik tavsiyalar kirituvchi organ hisoblanib, tashkilot taraqqiyoti yoʻlida muhim boʻgʻin vazifasini bajaradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring