Ot sporti: Jahon kubogining final bosqichi
Saudiya Arabistonida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “CSI 5*-W” dasturida Jahon kubogining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Abdurahmon Abdullayev yurtimiz sharafini himoya qildi.
Sportchimiz Gran-pri yoʻnalishi hisoblanmish 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahsida oʻz imkoniyatini sinab koʻrdi. 18 yoshli iqtidorli chavandozimiz masofani jarima ochkolarisiz 37,28 soniyada bosib oʻtdi.
Ushbu natija bilan u beshinchi natijani qayd etdi. Yurtdoshimizni shohsupadan soniyaning bir necha ulushlari ajratib qoldi xolos.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring