Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonning elektr tarmogʻini modernizatsiya qilishga koʻmaklashadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonning elektr uzatish tarmogʻini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining koʻproq mamlakat energetika balansiga integratsiyalashuvini taʼminlash uchun 125 million AQSH dollari miqdorida zayom ajratishni maʼqulladi.
“Dekarbonizatsiya sari raqamlashtirish – Elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida yetti viloyatda – yaʼni Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida umumiy uzunligi qariyb 359 kilometr boʻlgan 12 ta elektr uzatish liniyalari rekonstruksiya qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring