Osiyo kubogi–2027 musobaqasiga qachon qurʼa tashlanishi maʼlum qilindi

13:50 15 Aprel 2026 Sport
217 0

Futbol boʻyicha 2027-yil Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati musobaqasi uchun qurʼa tashlash sanasi maʼlum boʻldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, turnirga 9-may kuni qurʼa tashlanadi. Oldinroq bu sana 11–12-aprel oraligʻida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Ammo Yaqin Sharqdagi mojarolar sabab ushbu marosim may oyiga qoldirildi.

Hozirda musobaqada ishtirok etadigan 23 ta jamoa nomi maʼlum. Faqatgina 24-yoʻllanma uchun tashkil etiladigan Yaman va Livan oʻyini 4-iyun sanasida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqasi 7-yanvardan 5-fevralga qadar boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер