Oʻsimlik va hayvonot turlarini muhofaza qilish yanada kuchaytiriladi

18:03 04 Yanvar 2024 Jamiyat
860 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ekologik masalalar, xususan, atrof-muhitni asrash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir bir qator normalar oʻz aksini topgan.

— Qonun loyihasi bilan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlaridan foydalanishni taqiqlovchi va cheklovchi talablarni belgilash nazarda tutilmoqda, — deydi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi Mohira Xoʻjayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер