Orzular mahalladan boshlanadi
Arnasoy tumani yoshlari uchun yana bir imkoniyat yaratildi. Boʻston mahallasida “Koʻmak” loyihasi doirasida yangi oʻquv markazi ish boshladi.
Mazkur loyiha Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilib, asosan chet tillarni puxta oʻzlashtirgan, C1 darajasidagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatlarga ega yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Ayniqsa, chekka hududlarda oʻquv markazi ochishni istagan yigit-qizlar uchun bu katta imkoniyat boʻlib, loyiha doirasida yosh tadbirkorlarga 3-yilgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million soʻmgacha foizsiz qarz mablagʻlari ajratiladi.
— Toʻgʻrisi, avvallari chekka hududlarda markaz ochish katta mablagʻ va tavakkalchilik talab qilardi. “Koʻmak” loyihasi bizdek yoshlarga juda katta dalda boʻldi, — deydi yosh tadbirkor Bunyod Baxromov. — Markazimizni zamonaviy jihozladik, 5 nafar xorijiy tilni mukammal biladigan ustozlar bilan shartnoma tuzdik va ishni boshladik. Maqsadimiz – qishloq bolalari ham chet tillarini mukammal bilib, dunyo tan olgan oliygohlarda tahsil olishiga koʻmaklashish.
Qishloqlarda tashkil etilayotgan bunday markazlar yoshlarni bilimli boʻlishga, kasb egallashga va oʻz ustida ishlashga undaydi. Eng muhimi, ularning kelajakda mustaqil ravishda daromad topishiga zamin yaratadi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring