Oʻrtachoʻllik oʻquvchilarga avtobus sovgʻa qilindi

11:43 09 Dekabr 2021 Jamiyat
696 0

Foto: "Xalq so'zi"

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining Oʻrtachoʻl hududi oʻtgan asrning yetmishinchi yillarida oʻzlashtirilgan. Turli hududlardan koʻchib kelgan choʻlquvarlar oʻtroqlashib, choʻlda oʻnga yaqin katta-kichik qishloq va ovullar paydo boʻlgan. Oʻrtachoʻllik bolalar mazkur hududdagi 34-umumtaʼlim maktabida taʼlim olishadi. Kimdir ikki, yana birovi besh kilometr va undan ham uzoqroq masofadan darsga qatnaydi. Yoz yorugʻida, ehtimol, bu unchalik sezilmas, biroq qishning qirovli kunlarida bolalar maktabga kelguncha qoʻllari yozish-chizishga qovushmay qolardi.

Yaqinda tuman hokimligi axborot xizmatining “Telegram” messenjerida tashkil qilingan guruhga Zumrat Ochilova nomli akkaunt egasi murojaat qilib, oʻrtachoʻllik oʻquvchilarning maktabga qatnashlari uchun qulaylik yaratish, avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyish lozimligi haqida taklif bildirgan edi.

Tuman hokimi, Respublika Oliy Majlisi Senati aʼzosi Ulugʻbek Fayziyev ushbu taklifga javoban 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktoriga avtobus kalitini topshirdi. Endilikda maktabga oʻz avtobuslarida qatnash imkoniyati oʻquvchilar bilan birga bu yerda mehnat qilayotgan oʻqituvchi va murabbiylarni ham behad mamnun etdi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер