Oʻrtachirchiqda deyarli 120 ming kub metr tabiiy gazdan pulini toʻlamay ishlatganlar qoʻlga tushdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida 119,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu holat fosh etilgan.
Qayd etilishicha, YATT “T.R.”ga qarashli ishlab chiqarish sexidagi fuqaro S.J. tijorat maqsadida 3 ta alyumin eritish qozonlarini oʻrta bosimli aholi gaz tarmogʻiga qoʻlbola gaz soʻrgʻich moslamasi yordamida yashirincha ulab, 119,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 214,7 million soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring