“Orolga madad” hashari boʻlib oʻtdi

17:43 17 Yanvar 2020 Jamiyat
1352 0

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi faollari hamda Oʻzbekiston ekologik harakati faollari tomonidan Prezidentimizning 2019-yilning 8-yanvardagi qarori hamda Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻptomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da Orolboʻyida oʻrmonzorlar barpo etishga hissa qoʻshish, shuningdek, dolzarb ekologik muammolarni hal qilishga keng jamoatchilikning eʼtiborini qaratish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida “Orolga madad” shiori ostida xayriya hashari oʻtkazilishi belgilab berilgan edi. Shundan kelib chiqib, yaqinda “Orolga madad” shiori ostida ekologik hashar tashkil etildi. 

Hashar natijasida tadbir ishtirokchilari 550 kilogrammdan ortiq saksovul urugʻlarini yigʻib oldilar.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Buxoro, Xorazm, Navoiy viloyati partiya tashkilotlari bir guruh faollari mazkur yigʻilgan urugʻlari hamda oziq ovqat mahsulotlar Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirayotgan navoiylik hasharchilarga yetkazib berildi.

Bunday ekologik hashar tadbirlari anʼanaviy oʻtkaziladi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер