Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash loyihasining amalga oshirilishi muhokama qilindi

16:17 03 Mart 2023 Siyosat
1063 0

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 2-mart kuni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori O.To‘ychiyev AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi USAIDning “Suv resurslari va atrof-muhit” mintaqaviy loyihasi rahbari Yekaterina Strikeleva va “Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash” (ERAS-II) loyihasi menejeri Paluaniyaz Pirniyazovlar bilan uchrashdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID tomonidan moliyalashtiriladigan umumiy qiymati 1,6 mln AQSH dollar bo‘lgan “Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash” (ERAS-II) loyihasi 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu loyihaning asosiy kordinatori sifatida Innovatsion rivojlanish agentligi belgilangan.

Loyihaning asosiy maqsadi, Oʻzbekistonda yangi o‘rmon ekinlarini o‘tqazish orqali hududda havo sifati va yashash sharoitini yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish, oʻrmonlashtirish boʻyicha butun mintaqaga yangi bilim va tajriba qoʻshadigan turli innovatsion ekish texnologiyalari va zamonaviy sugʻorish usullarini qoʻllash va namoyish etishdan iborat. Shuningdek, agrobiznesni rivojlantirish boʻyicha xususiy sektor tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ko’zda tutilgan. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, agentlik tomonidan olimlar, ilmiy va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Orolboʻyi hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Loyiha mintaqaviy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda ushbu tashabbuslarga O‘zbekiston va Qozog‘iston ilmiy hamjamiyati, innovatsion korxonalarni jalb qilish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Loyiha doirasida, shuningdek, xalqaro donor tashkilotlar va olimlar ishtirokida Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan seminar, davra suhbatlari hamda startaplar va yosh ixtirochilarning ko‘rgazmalari, yangi innovatsion g‘oyalar uchun biznes-inkubator dasturini tashkil etish rejalashtirilgan. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra joriy yilning iyul oyida Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada O‘zbekistonlik mutaxassislar va olimlar ishtirok etishga taklif qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер