Oʻrmon yongʻinlari miya va oʻpka saratoni xavfini oshiradi
Arxiv surat
Oʻrmon yongʻinlari bir qator saraton kasalliklari xavfini oshiradi. Bu haqda kanadalik olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot yakunida kelindi. Kuzatishlar toʻgʻrisidagi batafsil maqola “The Lancet Planetary Health” jurnalida chop etildi.
Kanada universiteti epidemiologlari va tahlilchilari 2 million kanadaliklar orasida tadqiqot oʻtkazdilar. Ular 1996 — 2015-yillar oraligʻida saraton kasalligi va ushbu xastalikdan oʻlim holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni tahlil qildilar. Yakunda olimlar oʻrmon yongʻinlariga duch kelgan odamlarda oʻpka saratoni bilan kasallanish ehtimoli 4,9, miya shishi bilan kasallanish ehtimoli 10 foiz koʻproq, degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilarning fikricha, oʻrmon yongʻinlari natijasida atmosferaga chiqariladigan kanserogenlarning inson salomatligiga taʼsirini baholash boʻyicha keyingi ishlar zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring