Oʻrikzorliklarning endi eʼtirozi yoʻq

12:50 16 Aprel 2021 Jamiyat
595 0

Jondor tumanida oʻtkazilgan sayyor qabullarda Oʻrikzor qishlogʻi vakillari “Hammasi yaxshi-yu ammo bir masalada eʼtirozimiz bor”, deya hududda maktabgacha taʼlim tashkiloti yoʻqligidan shikoyat qilishardi.

Ularning murojaatlari inobatga olindi. Qishloqda qoʻsh qavatli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 29-sonli mazkur muassasa 90 oʻringa moʻljallangan. Sharoitlari joyida. Shinam va koʻrkam. Oʻrikzorning ismi jismiga monand, degan taʼrifga loyiq. U 2 milliard 343 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etildi.

Ushbu muassasa ishga tushgach, tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 110 taga yetdi. Vaholanki, 2020-yilga qadar Jondorda bunday maskanlar 60 taning nari-berisida edi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер