Oʻquvchilarning ijodiy ishlarini ota-onalar baholaydi

17:23 09 Oktyabr 2018 Jamiyat
3224 0

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan joylarda oʻtkazilayotgan uchrashuv, seminar, muloqot va huquqiy targʻibot ishlarida fuqarolar oʻrtasida soliq madaniyatini yuksaltirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Ana shunday tadbir oʻquvchi-yoshlar orasida yuqori soliq madaniyatini, ularda vatanparvarlik tuygʻusi va burchini, vatandoshlariga va davlatga nisbatan hurmatni shakllantirish maqsadida viloyatning barcha umumtaʼlim maskanlarida oʻtkazildi.

Viloyatning 529 ta umumtaʼlim muassasalarida hududiy davlat soliq inspeksiyasining malakali mutaxassislari ishtirokida 2-11 sinf oʻquvchilarining soliqqa oid bilimlarini mustahkamlash, ularning hayotidagi soliqlarning oʻrni, soliqlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisida koʻnikma va tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan “Ochiq darslar” tashkil etildi.

Mazkur jarayonda 278 ming 226 nafar oʻquvchilar soliq haqidagi oʻz qarashlarini ijodiy ish yozish orqali namoyon etdilar.

Eng qizigʻi, oʻquvchilar ishlarini oʻqituvchilar emas ota-onalar baholaydilar. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad hayotimizning ana shundan goʻzal davom etishida har-bir insonni faollikka va burchini sadoqat bilan bajarishga undashdir.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarida davlat soliq xizmatining malakali xodimlari ishtirokida “Ochiq darslar” shaklida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер