Oʻquvchilarni maktabga borib-kelishi uchun avtobus qatnovi birinchi boʻlib Qoraqalpogʻistonda yoʻlga qoʻyiladi

21:56 12 Iyun 2023 Siyosat
925 0

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda 160 ta yangi bogʻcha qurilishi va taʼmirlanishi, 2 mingta xususiy bogʻcha tashkil qilinishini aytib oʻtdi.

“Biz kelgusi yetti yilda qoʻshimcha 100 ming yangi oʻquvchi oʻrni yaratamiz.

Bunda, 30 ta yangi maktab va 150 ta maktab uchun qoʻshimcha bino quriladi, 350 tasi taʼmirlanadi.

Ixtisoslashgan maktablar soni esa, 2 karra oshirilib, 32 taga yetkaziladi.

Natijada, Qoraqalpogʻistondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola oʻqiydigan sinflar umuman boʻlmaydi.

Biz 1-4- sinf oʻquvchilariga bepul ovqat berishni Qoraqalpogʻistondan boshlagan edik.

Endi, olis va chekka ovullardagi bolajonlarimizning maktabga borishi uchun avtobus qatnovini ham, birinchi boʻlib shu zamindan boshlaymiz”, — deb taʼkidladi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер